Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ( ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Qabul komissiyasi yangiliklari Bakalavriat ta‘lim granti 2025/2026 Abituriyentlar uchun ta’lim yo‘nalishlari va institut tarixi Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha kvota Talabalar safimizga qo‘shiling! Thumbay Fergana College of Medical SciencesO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QARORI
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINI TURAR JOY BILAN TA’MINLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
