Akusherlik va ginekologiya kafedrasi
“Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi tarixi
“Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi 2022 yil 5 sentyabr kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti qarori asosida tashkil etilgan. Kafedrada jami 14 nafar xodim faoliyat yuritadi: 5 nafar assistent asosiy ish joyida, 9 nafar xodim esa Viloyat Perinatal markazining oliy toifali shifokorlari bo‘lib, tashqi o‘rindoshlik asosida dars jarayonlariga jalb etilgan.
Kafedra faxriylari
Siddiqov Obidjon Siddiqovich Tibbiyot fanlari doktori, professor 1994–199 yillarda Klinik (Jarrohlik) fanlar kafedrasi mudiri
Mazkur kafedra tashkil etilishidan avval “Akusherlik va ginekologiya” bo‘limi “Travmatologiya va akusherlik-ginekologiya” kafedrasi tarkibida faoliyat olib borgan. Ushbu yo‘nalishdagi kafedralar tarixi oliygohning shakllanish va rivojlanish bosqichlari bilan chambarchas bog‘liq: 1994 yilda “Jarrohlik kasalliklari” kafedrasi tashkil etilib, 1994–1996 yillarda tibbiyot fanlari doktori, professor O.S. Siddiqov rahbarlik qilgan. 1996 yilda kafedra Ichki kasalliklar kafedrasi bilan birlashtirilib “Klinik fanlar” kafedrasi tashkil etilgan (1996–1998 yillarda U.T. Sodiqov mudir). 1998 yildan “Jarrohlik kasalliklari” kafedrasi qayta tashkil etilib, 1998–2002 yillarda yana professor O.S.Siddiqov rahbarlik qilgan.
2002–2015 yillarda kafedraga tibbiyot fanlari doktori B.B. Mirzaev mudirlik qilgan.
2016 yilda “Umumiy jarrohlik va patologiya asoslari” kafedrasi tashkil etilib, O.M. Umarov mudir etib tayinlangan.
tibbiyot fanlari nomzodi R.M. Shermatov
2016 yil 2 sentyabrdan jarrohlik yo‘nalishidagi kafedralar birlashtirilib, “Jarrohlik kasalliklari va patologiya asoslari” kafedrasi shakllantirilgan hamda tibbiyot fanlari nomzodi R.M. Shermatov rahbar etib tayinlangan. Kafedra klinik bazasi sifatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘limlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Suyarkulova Madxiya Erkinovna
Tibbiyot fanlari nomzodi. 2022 yildan buyon kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. 1965 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1989 yilda Andijon davlat tibbiyot institutining “Davolash ishi” yo‘nalishini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyat tug‘ruq uyida shifokor sifatida boshlagan (1988–1989), 1998–2012 yillarda ushbu muassasada turli lavozimlarda ishlagan. 2013 yildan hozirgacha Farg‘ona viloyat perinatal markazi bosh shifokori. 2010 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialida pedagogik faoliyat olib borib, “Jarrohlik” kafedrasida assistent, 2017 yildan “Hamshiralik ishi nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida assistent, 2021 yildan “Travmatologiya va akusherlik-ginekologiya” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan. 2021 yilda “Muddatidan oldingi tug‘ruqlar profilaktikasida perinatal yordamni takomillashtirish, uning reproduktiv yo‘qotishlarni kamaytirishdagi samaradorligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
1996-yilda Bog‘dod tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 2014–2020-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida “Davolash ishi” yo‘nalishini, 2020–2023-yillarda esa shu institutda magistratura bosqichini a’lo baholar bilan tamomlagan. 2025-yil 25-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/07.06.2024.tib.95.03 raqamli ilmiy kengashda “Tuxumdonlar skleropolikistozi bor ayollarda ekstrakorporal urug‘lantirish natijalarini optimallashtirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan (ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori, professor Asrankulova Diloramxon Baxtiyarovna). Faoliyati davomida 20 dan ortiq maqola, 30 dan ortiq tezis, shuningdek monografiya va o‘quv-uslubiy majmua chop ettirgan.
1984-yilda Oltiariq tumanida ishchilar oilasida tug‘ilgan. 2002–2009-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida “Tibbiy pedagogika ishi” yo‘nalishini, 2009–2012-yillarda esa magistraturani a’lo baholar bilan tamomlagan. 2016-yil 26-avgustdan Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining “Hamshiralik ishi” kafedrasida assistent sifatida ish boshlagan. 2022-yildan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Akusherlik va ginekologiya kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Faoliyati davomida 25 dan ortiq maqola, 30 dan ortiq tezis, shuningdek monografiya va o‘quv-uslubiy majmua chop ettirgan.
Kafedra katta o‘qituvchisi 2014-2016 yilda Farg’ona viloyat aholi reproduktiv salomatlik markazida akusher-ginekolog vazifasida ishlagan. 2021 yildan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Travmatologiya va akusher ginekologiya” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2022 yildan “Akusherlik va ginekologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti, 1994 yilda Namangan viloyati Uychi tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 2013-2019 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutini Davolash ishi yo‘nalishini tamomlagan va ushbu institutda 2020-2023 yillarda Magistratura mutaxasisligini a’lo baholar bilan tamomlagan. Hozirda ilmiy yo‘nalishda “Preeklampsiya:homila intranatal o‘limi klinik va marfologik xususiyatlari” mavzusida tibbiyot fanlar nomzodligi uchun izlanish olib bormoqda. U o‘zining faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, 30 dan ortiq tezislar, monografiya chop ettirgan.
1986-yilda Oltiariq tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 2004–2011-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutida “Davolash ishi” yo‘nalishini tamomlagan, 2011–2013-yillarda shu institutda ordinaturani yakunlagan. 2013–2024-yillarda Oltiariq tumani markaziy tug‘ruq kompleksida akusher-ginekolog bo‘lib ishlagan. 2024-yildan hozirgacha FJSTI Akusherlik va ginekologiya kafedrasida assistent sifatida faoliyat yuritmoqda.
Kafedrada “Davolash ishi” fakultetining 4–6-bosqich, “Pediatriya ishi” fakultetining 4–5-bosqich, “Xalq tabobati” yo‘nalishining 3–4-bosqich, “Stomatologiya ishi”ning 5-bosqich hamda “Tibbiy profilaktika ishi”ning 4-bosqich talabalari ta’lim oladi. O‘quv jarayoni “Akusherlik va ginekologiya” fanlari bo‘yicha modulli dasturlar asosida tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafedrada “Akusherlik va ginekologiya” hamda “Bolalar va o‘smir qizlar ginekologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha 78 nafar 1–2-kurs klinik ordinator va intern oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni o‘tamoqda.
Kafedrada ta’lim jarayoni quyidagi tasdiqlangan hujjatlar asosida tashkil etiladi:
- Malakaviy tavsifnoma
- Davlat ta’lim standarti
- O‘quv dasturi
- Ishchi o‘quv dasturi (sillabus) Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar joriy etilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining №80-son buyrug‘i asosidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar;
- tasdiqlangan diagnostika standartlari;
- xalqaro klinik tavsiyalar.
Kafedra xodimlari talabalar uchun ishchi dasturlar va bosqichma-bosqich o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqqan bo‘lib, ularda o‘quv rejasiga muvofiq amaliy ko‘nikmalarni ketma-ket egallash algoritmlari batafsil bayon etilgan.
O‘quv jarayonining texnik jihozlanishi
O‘quv jarayoniga tematik videofilmlar, taqdimotlar, multimediya dasturlari, shuningdek ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar materiallarini markazlashtirilgan kompyuter tarmog‘iga ulangan televizorlar orqali namoyish etish imkonini beruvchi telekommunikatsiya tizimi joriy etilgan. Shuningdek, yagona o‘quv-uslubiy ta’limni ta’minlash maqsadida skanerlangan tasvirlardan iborat yagona bank shakllantirilgan. Ushbu bank o‘quv dasturining barcha vizual materiallarni qamrab oladi. Barcha bo‘limlariga to‘liq mos keladi hamda mutaxassislar tayyorlash uchun zarur.
Kafedraning kutubxona fondi
Kafedra ixtiyorida kutubxona mavjud bo‘lib, uning fondi ingliz, o‘zbek va rus tillarida chop etilgan 20 dan ortiq nomdagi o‘quv adabiyotlarini o‘z ichiga oladi.
Elektron kutubxona keng qamrovli resurslarni o‘z ichiga oladi, jumladan:
- Darsliklar va atlaslar;
- O‘quv hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar;
- Qo‘shimcha ta’limiy materiallar.
Talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashga barcha zarur sharoitlar yaratilgan: tematik bemorlarni klinik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyati tashkil etilgan hamda jarrohlik amaliyotlarida bevosita qatnashish imkoniyati ta’minlangan.
Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati
Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom va har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va hayot falsafasining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Akusherlik va ginekologiya kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyat kafedra ishining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Mazkur ishlar tasdiqlangan yillik reja asosida tizimli ravishda amalga oshirib borilmoqda.
Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari
Kafedraning professor-o‘qituvchilar jamoasi talabalar bilan muntazam ravishda odob-axloq qoidalari, jamiyatda o‘zini tutish madaniyati va tashqi ko‘rinish madaniyati, shuningdek zararli odatlarning (chekish va spirtli ichimliklar iste’moli) salbiy oqibatlari haqida ma’rifiy suhbatlar olib boradi.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy vazifalari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalari, Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlarini o‘rganish; Yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va bunyodkorlik ruhida tarbiyalash; Sog‘lom turmush tarzi falsafasini singdirish; Talabalarning siyosiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirish; Mamlakat va jahonda sodir bo‘layotgan ijtimoiy, siyosiy, ilmiy hamda madaniy voqealar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish; Kafedra yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy to‘garaklar va ijtimoiy loyihalar orqali talabalarning mazmunli bo‘sh vaqtini tashkil etish.
Davlat tashabbuslari doirasidagi ishlar
Institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi topshiriqlariga muvofiq, kafedra o‘qituvchilari quyidagi mavzular bo‘yicha faol targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradilar:
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi»;
«Talaba qizlar o‘rtasida erta niqohni oldin olish»;
«Qarindoshlar o‘rtasida nikoh va uning salbiy oqibatlari».
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mamlakat rivojlanish strategiyasi va Prezident tomonidan yoshlar uchun ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish doirasida davom ettirilmoqda.
Xalqaro hamkorlik
Bugungi kunda Akusherlik va ginekologiya kafedrasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘lib, bu kafedraning jahon ta’lim makonidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan. Kafedra mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent M. Suyarkulova rahbarligida Qozog‘iston Respublikasining Astana Tibbiyot universiteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi bilan hamkorlikda istiqbolli ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
