Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasi

Endokrinologiya, gemotologiya va ftiziatriya kafedrasi

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Endokrinologiya va Gematologiya” kafedrasi 2022-yil 30-avgustdagi №1-sonli buyruq asosida tashkil etilgan. Mazkur kafedra tashkil etilganidan buyon “Endokrinologiya” va “Gematologiya” klinik ordinatura (rezidentura) yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelmoqda.
Kafedrada bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqichlarida quyidagi fanlar o‘qitiladi:
  • Endokrinologiya
  • Gematologiya
  • Ftiziatriya
  • Tibbiy Radiologiya
Bundan tashqari, Xalqaro fakultetning Davolash ishi va Xalq tabobati yo‘nalishlari talabalari uchun ham nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Kafedra tarixi
1971-yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, 1994-yilda Andijon tibbiyot institutini tamomlagan. 1994–1995-yillarda Marg‘ilon shahar shifoxonasida internatura o‘tagan. 1995–2003-yillarda Marg‘ilon shahridagi tibbiyot muassasalarida mahalla shifokori va endokrinolog sifatida faoliyat yuritgan. 2003-yildan buyon Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanserida vrach-endokrinolog bo‘lib ishlaydi. 2019-yildan ToshPMI Endokrinologiya va bolalar endokrinologiyasi kafedrasida mustaqil izlanuvchi. 2019-yildan hozirgacha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Ganiyev Sardor Saminjonovich
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida katta o‘qituvchi. 1989-yil 1-iyulda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2016-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, tibbiy radiolog mutaxassisligi bo‘yicha malaka olgan. 2016–2018-yillarda Farg‘ona shahar 1-oilaviy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. 2018–2020-yillarda ADTI Tibbiy radiologiya bo‘limida klinik ordinator sifatida faoliyat yuritgan. 2020-yilda Gospital terapiya kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan, 2021-yilda “Obi-Hayot Shifo” xususiy klinikasida qisqa muddat UTT shifokori bo‘lib ishlagan. 2023-yildan hozirgacha kafedrada katta o‘qituvchi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Ibragimova Nigora Rasulovna
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida assistent. 1973-yilda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Andijon tibbiyot institutini tamomlagan, 1997–1998-yillarda Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasida internatura o‘tagan. 1998–2010-yillarda Qo‘qon va Farg‘onadagi tibbiyot muassasalarida mahalla shifokori hamda endokrinolog sifatida ishlagan. 2010–2022-yillarda Farg‘ona viloyati bosh pediatr-endokrinologi lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-yildan hozirga qadar Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Bolalar endokrinologiyasi” bo‘limi mudiri. 2016-yilda “O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Mavlanov Ozodbek Haydarovich
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida assistent. 1971-yilda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini (kunduzgi) tamomlagan. 1996–1997-yillarda Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasida intern shifokor, 1997–2000-yillarda bolalar poliklinikasida pediatr-endokrinolog sifatida ishlagan. 2000–2005-yillarda Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanserida endokrinolog shifokor, 2005–2017-yillarda esa shu muassasada bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritgan. 2017-yilda Akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tashkilotchi shifokor, 2017–2021-yillarda Jizzax viloyati endokrinologiya dispanserida bosh shifokor bo‘lib ishlagan. 2021–2022-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filialida direktor o‘rinbosari hamda direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Oltinboyeva Zarnigor Avazbek qizi
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasida assistent. 1997-yil 1-iyulda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2016–2022-yillarda Irkutsk davlat tibbiyot institutining Pediatriya fakultetini tamomlagan. 2022–2024-yillarda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Endokrinologiya yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olgan. 2019–2022-yillarda Irkutsk shahar 1-klinik shifoxonasining travmatologiya bo‘limida hamshira bo‘lib ishlagan. 2022–2024-yillarda institutda klinik ordinator sifatida faoliyat yuritgan. 2023–2024-yillarda Farg‘ona shahar 5-oilaviy poliklinikasida vrach-endokrinolog bo‘lib ishlagan.
Kafedraning o‘quv va o‘quv-metodik ishlari
Kafedrada 4-kurs Davolash ishi, 3-kurs Stomatologiya, 4-kurs Tibbiy profilaktika ishi, 3-kurs Tibbiy biologik ish, 4–5-kurs Pediatriya, 4-kurs Biotibbiyot muhandisligi, 3-kurs Xalq tabobati hamda 2-kurs Fundamental tibbiyot yo‘nalishi talabalari ta’lim oladi. O‘quv jarayoni Endokrinologiya, ftiziatriya, tibbiy radiologiya va gematologiya fanlari bo‘yicha modul dasturlari asosida tashkil etilgan.
Kafedrada, shuningdek, 26 nafar magistratura rezidenti, 35 nafar klinik ordinator hamda 7 nafar internatura yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchi tinglovchilar tahsil olmoqda.
  • kvalifikatsion xarakteristika;
  • davlat ta’lim standarti;
  • o‘quv dasturi;
  • ishchi o‘quv dasturi.
  • tasdiqlangan tashxis (diagnostika) standartlari;
  • xalqaro tavsiyalar.
  • Shifokor etikasi va deontologiyasi: bemor bilan muloqot, maxfiylik, mas’uliyat va insonparvarlik tamoyillarini singdirish.
  • Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish: endokrin, gematologik va ftiziatrik kasalliklar profilaktikasi misolida.
  • Zararli odatlarga qarshi targ‘ibot: chekish, alkogol va giyohvandlikning sog‘liqqa salbiy ta’siri bo‘yicha tushuntirishlar.
  • Infeksion xavfsizlik va sanitariya-gigiyena: ayniqsa ftiziatriya yo‘nalishi uchun muhim bo‘lgan gigiyena va himoya choralarini mustahkamlash.
  • Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev asarlari hamda sog‘liqni saqlash sohasiga oid farmon va qarorlarni o‘rganish;
  • tibbiyot xodimiga xos halollik, vatanparvarlik, mas’uliyat va insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish;
  • yo‘nalishlarga oid dolzarb masalalar bo‘yicha ma’rifiy suhbatlar va davra muloqotlarini tashkil etish;
  • talabalarda kasbiy kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash.
  • “Qandli diabet va semizlikning oldini olish” (endokrinologiya);
  • “Kamqonlik va qon kasalliklari profilaktikasi” (gematologiya);
  • “Sil kasalligi va uning ijtimoiy ahamiyati” (ftiziatriya);
  • “COVID-19 va respirator infeksiyalardan himoyalanish choralari”.
  • klinik fikrlash va kasbiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan ma’naviy treninglar;
  • bemor bilan muloqot madaniyati bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar (klinik holatlar misolida);
  • ijtimoiy omillarning kasalliklar rivojlanishidagi o‘rni yuzasidan davra suhbatlari;
  • referat, taqdimot va devoriy gazetalar tanlovlari orqali talabalarning ilmiy-ma’rifiy faolligini oshirish;
  • sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish va stressning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari.
  • o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha tahliliy hisobotlar tayyorlash;
  • talabalar ishtiroki va faolligini baholash (davomat, fikr-mulohazalar);
  • yo‘nalishlar kesimida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini muhokama qilish;
  • kelgusi o‘quv yili uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Xalqaro hamkorlik
Endokrinologiya, gematologiya va ftiziatriya kafedrasining hozirgi kundagi ustuvor vazifalaridan biri kafedraning xalqaro aloqalarini rivojlantirishga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo’naltirgan. Kafedra katta o’qituvchisi Axunbayev O.A. tomonidan M.O.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining “ Mexanika va neft-gaz” fakulteti bilan hamkorlikda ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar talabalarning kasbiy, axloqiy va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, tasdiqlangan yillik reja asosida muntazam tashkil etiladi. Faoliyat tibbiyot xodimiga xos bo‘lgan shifokor etikasi, deontologiya, mas’uliyat, bemor bilan muloqot madaniyati hamda sanitariya-gigiyena va infeksion xavfsizlik ko‘nikmalarini mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Asosiy yo‘nalishlar: sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarning (chekish, alkogol va boshqalar) salomatlikka salbiy ta’sirini tushuntirish, endokrin, gematologik hamda ftiziatrik kasalliklarning profilaktikasi bo‘yicha ma’rifiy suhbatlar va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdir. Shuningdek, OITS va silga qarshi kurash kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar, skrining va profilaktik suhbatlar hamda klinik mavzularda davra suhbatlari o‘tkaziladi. Talabalar bilan kuratorlik ishlari doirasida tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarga tashriflar, ijtimoiy muassasalarga borish va bayram tadbirlari tashkil etilib, jamoaviylik va ijtimoiy mas’uliyat hissi kuchaytiriladi. O‘tkazilgan ishlar bo‘yicha monitoring yuritilib, tahliliy hisobotlar va keyingi yil uchun takliflar shakllantiriladi.

Ilmiy to‘garak: “Yosh Endokrinolog.”

360° virtual sayr