“Yosh mikrobiolog” va “Yosh immunolog”
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialning 2020-yil 18-avgustdagi №282-sonli buyrug‘i bilan “Mikrobiologiya, virusologigiya va immunologiya” kafedrasi tashkil etildi.
Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:
Mikrobiologiya
Immunologiya, klinicheskaya immunologiya
Mikrobiologiya, virusologiya
1997–1999-yillarda t.f.n., dotsent F.X.Rasulov;
2000–2006-yillarda t.f.n., dotsent I.M.Yakubov;
2012–2015-yillarda t.f.n.V.O.Yakubov;
2016-yilda katta o‘qituvchi Sh.B.Muxidinova;
2016–2018-yillarda dotsent F.X. Rasulov. 2020–2022-yillarda kafedra “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” nomi bilan yuritilib, A.M. Teshaboyev mudirlik qilgan. 2023-yildan buyon kafedraga t.f.n., dotsent F.X. Rasulov rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirda kafedrada jami 17,0 shtat mavjud: 10 ta asosiy, 7 ta ichki o‘rindosh, 3 ta tashqi o‘rindosh ish o‘rni, shuningdek 1 nafar laboratoriya mudiri va 1 nafar laborant shtati mavjud.
1963-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Yordon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Sanitariya-gigiyena fakultetini tamomlagan. 1994-yildan Farg‘ona davlat universiteti Tibbiyot markazida “Tibbiy biologiya va kimyo” kafedrasida assistent, 1998-yildan Toshkent davlat 2-tibbiyot instituti Farg‘ona filialida assistent sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik “Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar” kafedrasida katta o‘qituvchi bo‘lib ishlagan hamda 2005-yildan dotsent lavozimiga erishgan. U 1997–1999-yillar hamda 2006–2012-yil noyabrgacha kafedra mudiri, 2007–2012-yillarda fakultet dekani, 2012–2013-yillarda o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2019-yildan TSNQBB vazifasida ishlab kelmoqda. Hozirda Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. F.X. Rasulov 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 3 ta mualliflik guvohnomasi, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 89 ta ilmiy maqola muallifi. Ayni paytda immunogenez va ikkilamchi immunodefitsitlar masalalariga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib bormoqda.
Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh viloyatida tug‘ilgan. 1993–1999-yillarda Toshkent davlat 2-tibbiyot institutida “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishida tahsil olgan. 1999–2001-yillarda viloyat perinatal markazida vrach-laborant, 2003–2005-yillarda Buxoro viloyati Romitan tumani “Qizilravot” qishloq vrachlik punktida vrach-laborant bo‘lib ishlagan. 2010–2020-yillarda Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasida vrach-epidemiolog sifatida faoliyat yuritgan. 2020–2022-o‘quv yillarida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 15 ta ilmiy maqola va 12 ta tezis muallifi. 2022–2023-o‘quv yildan buyon Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti “Epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va hamshiralik ishi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari
Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasida 15 nafar xodim faoliyat yuritadi va barchasi kafedra hamda universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida muntazam ishtirok etadi. Hozirda kafedrada 1 nafar DSc izlanuvchisi, 1 nafar PhD tayanch doktorant va 4 nafar mustaqil izlanuvchi turli yo‘nalishlarda ilmiy izlanish olib bormoqda (virtual laboratoriyalar, bolalarda diareya qo‘zg‘atuvchilari diagnostikasi, kasalxona ichi infeksiyalari, immunogemopoezni o‘simlik preparatlari bilan korreksiya qilish, ikkilamchi immun tanqislik ko‘rsatkichlari va ularni dorivor o‘simliklar bilan muvofiqlashtirish).
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi — ikkilamchi immun tanqisliklarning patogenezini o‘rganish va dorivor o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar bilan davolash masalalaridir. So‘nggi 5 yilda kafedra xodimlari tomonidan 100 ga yaqin ilmiy ish, jumladan 13 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, respublika va xalqaro jurnallarda 100 ga yaqin maqola, shuningdek 20 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyanoma nashr etilgan. Xodimlar respublika va xalqaro konferensiyalarda faol qatnashadi. Talabalar ilmiy ishga keng jalb qilinib, maqolalar yozish, konferensiyalar va fan olimpiadalarida ishtirok etish orqali sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
Kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlari
Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tasdiqlangan yillik reja asosida tizimli ravishda tashkil etiladi. Joriy yildan OTM talabalari uchun “Kelajak soati” mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni mas’ul o‘qituvchi Xasanova D.A. muvofiqlashtiradi.
Asosiy yo‘nalishlar
- Talabalarda odob-axloq, kiyinish madaniyati va jamiyatda o‘zini tutish qoidalarini mustahkamlash;
- Chekish va spirtli ichimliklar kabi zararli odatlarning salbiy oqibatlari haqida muntazam targ‘ibot;
- Talabalarda sog‘lom turmush tarzi, vatanparvarlik, insonparvarlik va ezgulik g‘oyalarini shakllantirish;
- Siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish hamda dolzarb ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va madaniy voqealar bo‘yicha xabardorlikni kuchaytirish;
- Kafedra yo‘nalishiga mos to‘garaklar va ijtimoiy loyihalar orqali talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish.
Targ‘ibot-tashviqot ishlari
Institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi topshiriqlariga muvofiq quyidagi mavzularda tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib boriladi:
- “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi”;
- “Yomon odatlarga qarshi kurashish”;
- “COVID-19 va profilaktika choralari”.
Shuningdek, mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari hamda “Yoshlar uchun beshta muhim tashabbus” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Sog‘lom turmush tarzi va tibbiy profilaktika
Talabalarga sog‘lom turmush tarzining afzalliklari yuzasidan muntazam tavsiyalar beriladi, zarurat tug‘ilganda mutaxassislar tomonidan maslahat va yordam ko‘rsatiladi. Jumladan: Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan kasallikning yuqish yo‘llari, belgilari va asoratlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi;
- “Yomon odatlarga qarshi kurash” mavzusida profilaktik tadbirlar va taqdimotlar o‘tkazildi;
- Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kafedraning Xalqaro faoliyati
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasining ustuvor vazifalaridan biri xalqaro aloqalarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning malaka almashinuvi va akademik mobilligini kuchaytirishdan iborat. Kafedra mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi dotsent F.X. Rasulov Xitoy Xalq Respublikasi Chunsin viloyati Vanjou shahridagi tibbiyot kolleji bilan hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirib, hamkorlik doirasida o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, talaba va professorlar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, xalqaro grant va loyihalar, hamda konferensiya va seminarlarda hamkorlikda ishtirok etishdir. Vanjou tibbiyot kollejiga tashrif davomida ilmiy ishlarga oid amaliy joriy etish masalalari muhokama qilinib, rejalashtirilgan mavzular yakunida hamkorlar tomonidan sertifikatlar topshirilgan.
Chunsin viloyati Vanjou shaxri tibbiyit kollejida talabalar qilayotgan laboratoriya ishlari o’rganilganda, biz uchun yangilik bo‘lganlari amaliyotga tadbiq etish uchun doimiy aloqa o’rnatildi.
Kafedra to‘garaklari
“Yosh mikrobiolog” va “Yosh immunolog”
