Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

Lotin tili, pedagogika va psixologiya kafedrasi

Lotin tili, pedagogika va psixologiya

  • 1993–1994 — Mo‘minov Siddiqjon Moʻminovich
  • 1994–2004 — Shamsutdinova Oftobxon Maqsudalievna
  • 2004–2006 — Yuldasheva Karima Aliyevna
  • 2014-yil sentabrdan — “Tillar va ta’lim texnologiyalari” kafedrasiga M.R. Kadirova rahbarlik qilgan.
KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Xalqaro fakultetning “Lotin tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasida 9 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi. Kafedra jamoasi kafedra va institut miqyosidagi ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ilmiy salohiyat va ilmiy darajalar: Hozirgi kunda kafedrada ilmiy yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan xodimlar tarkibi:
  • 1 nafar DSc: M.R. Kadirova
  • 2 nafar PhD: N. Urinova, Sh. Ergasheva
  • 1 nafar dotsent: O. To‘ychiyeva
  • 2 nafar tayanch doktorant: M. Karimova, M. Tuychibayeva
  • 1 nafar mustaqil izlanuvchi: M. Jo‘rayeva
Kafedrada professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati — 40%. Yosh kadrlarning ilmiy izlanishlari natijasida kelgusida kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirish rejalashtirilgan. Izlanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi №470-son Farmoni asosida o‘zlarining PhD va DSc dissertatsiya mavzulari ustida izlanishlar olib bormoqdalar.
Dissertatsiya himoyalari
Kadirova Munira Rasulovna (DSc) 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha: “Tibbiy ta’lim jarayonida kasbiy kompetentlikni metodik takomillashtirish texnologiyalari (tibbiyotda pedagogikani o‘qitish misolida)” mavzusida doktorlik himoyasini muvaffaqiyatli o‘tkazgan.
Ergasheva Shahlo Po‘latovna (PhD) 13.00.02 ixtisosligi bo‘yicha: “Tibbiy ta’lim talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi (tibbiyot) (pedagogika fanlari)” mavzusida doktorlik himoyasini muvaffaqiyatli o‘tkazgan.
Urinova Nodira Shavkatovna (PhD) 13.00.02 ixtisosligi bo‘yicha: “Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida STEAM texnologiyasi asosida ingliz tilini o‘qitishning uslubiy asoslari” mavzusida doktorlik himoyasini muvaffaqiyatli o‘tkazgan.
Olingan patentlar, litsenziyalar va ixtirolar
DGU 47680 — “Lotin tili” (O. To‘ychiyeva), DGU 51957 — “Psychology”, DGU 45519 — “Русский язык” (N. Saliyeva), DGU 51524 — “Tibbiy ta’limda lotin tili va tibbiy terminlarni o‘rgatish zarurati”,DGU 48898 — “Tibbiyotda lotin tili va klinik terminologiya” (D. Nishonova), DGU 51522 — “Qadimgi shifokorlar ta’limining zamonaviy ahamiyati” (O. Mo‘minova), DGU 47056 — “Tibbiy ta’lim tizimida lotin va yunon tillari terminologik tizimlari asosida chet tilidagi retseptiv terminologik texnologiyalarni rivojlantirish metodikasi (farmatsevtika yo‘nalishi misolida)” (M. Jo‘rayeva),DGU 52121 — “Ta’limda metodik innovatsiyalar: zamonaviy yondashuv va amaliy yechimlar” (Sh.P. Ergasheva)
Chop etilgan monografiyalar
Kadirova M.R., Ergasheva Sh.P. — “Bo‘lajak shifokor kasbiy faoliyatida kommunikativ kompetentlikning tashxisli tahlili” ISBN 978-9943-7129-7-3, 2021
Kadirova M.R., Iminahunova I.X. — “Theoretical analysis of self-education in learning English.” ISBN 978-620-6-18263-4, 2023
Kadirova M.R. — “Tibbiy ta’lim jarayonida kasbiy kompetentlikni metodik takomillashtirish texnologiyalari” ISBN 978-9910-652-58-5, 2024
Ergasheva Sh.P. — “Диагностический анализ коммуникативной компететтности в профессиональной деятельности будущих врачей” ISBN 978-9910-652-36-3, 2024
Pediatriya yo‘nalishi 5325-guruhida Nishonova Dilnavoz Jonibekovna tomonidan Lotin tili va tibbiy terminologiya fanidan Genus neutrum mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

KAFEDRA MA‘NAVIY-MA‘RIFIY ISHLARI

360° virtual sayr